Tottenxem MYUdan, MYU esa Tottenxemdan himoyachi sotib olmoqchi

Narzulla Saydullayev
20 noya 2017, 08:41
Manchester Yunayted chap qanot himoyachisi Lyuk Shou Tottenxem qiziqishiga sabab bo'ldi.

Londonliklar 22 yoshli futbolchi yanvar oyid sotib olishmoqchi.

Shou shporlar ustozi Maurisio Pochettino bilan Sautgemptonda birga ishlagan. Oldinroq MYU Shouni 20 million funt evaziga sotishga tayyorligi haqida xabarlar chiqqandi.


Mankunianliklar esa o'z navbatida Tottenxemdan chap qanot himoyachisi Denni Rouzni sotib olishmoqchi. Uning Pochettino bilan munosabati yaxshi emas.

27 yoshli futbolchi klub transfer siyosatini tanqid qilgandi. O'shandan buyon Rouz APLda faqat bitta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: independent.co.uk