"Tottenxem" "Manchester Yunayted" egasini sudga berdi

Mirjalol Normatov
13 iyun 2025
"Tottenxem" Jim Retkliff boshchiligidagi kompaniyaga qarshi ish ochdi.

Aniqrog'i, London klubi "Manchester Yunayted"ga egalik qilayotgan Jim Retkliffning "INEOS Automotive" kompaniyasiga qarshi sud ishini ochdi.

"INEOS" firmasi 2022 yilda Jim Retkliff "Manchester Yunayted" boqsharuvini qo'liga olganidan keyin "Tottenxem" bilan hamkorlik borasida 5 yillik shartnoma imzolagandi.

2025 yilning mart oyida "INEOS" besh yillik shartnomaning uchinchi yiliga kelib, hech qanday sababsiz hamkorlikdan chiqqan va shu "Tottenxem"ning sudga murojaat qilishiga sabab bo'lgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports