“Tottenxem” Keynni sotmaydi

4 apr 2020, 08:26
“Shporlar” Harrini o'z safida saqlab qolishga ishonmoqda.

Yozgi transferlar vaqtida Harri Keyn London klubini tark etmaydi. 26 yoshli hujumchining xizmatlariga MYU jiddiy qiziqib qolgan. Ma'lum bo'lishicha, mankunianlar Keyn transferi yuzasida “shporlar”ga murojaat bilan chiqqan va rad javobini olgan.

Keynning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil yoziga qadar tuzilgan.

Futbolchi joriy mavsum APLning 20 ta o'yinida ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Manchester Evening News