"Tottenxem" Keyn jarohat olganini tasdiqladi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2017, 15:22
"Tottenxem" "Tvitter"dagi rasmiy sahifasi orqali hujumchi Garri Keyn jarohatlanganini tasdiqladi.

Forvard "Manchester Yunayted"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 10-turida ishtirok eta olmaydi. Bu haqda "shporlar" ustozi Maurisio Pochettino matubot-anjumanida oshkor qildi.

Oldinroq, Keyn "Vest Xem"ga qarshi Angliya liga Kubogi o'yinini (2:3) o'tkazib yuborgan edi. Joriy mavsum 24 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 9ta uchrashuv o'tkazib, 8ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com