

31 yoshli futbolchiga tizza osti paylarining shikastlanishi tashxisi qo'yildi. “Tottenxem” esa futbolchining qachon safga qaytishini ma'lum qildi. Unga ko'ra, Vertongen dekabrdan boshlab to'liq mashg'ulotlarga kirishadi. Avvalroq futbolchi 4 hafta maydonga tusha olmasligi haqida xabar qilingandi.



