"Tottenxem" himoyachisi Fransiya yoki Germaniya klubiga o'tishi mumkin

Aslanov Jasurbek
24 avg 2018, 11:08
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoa himoyachisi Denni Rouzni boshqa klubga o'tishiga qarshi emas.

"Shporlar" APLda yozgi transfer oynasi yopiqligi tufayli Rouz o'rniga himoyachi topa olmasa ham futbolchi bilan xayrlashishga tayyor.

Denni Rouzga PSJ va "Shalke-04" qiziqish bildirmoqda.

Himoyachi o'tgan mavsum klubning transfer siyosatini tanqid qilganidan so'ng "Tottenxem"ning asosiy tarkibiga kam kiritilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail