"Tottenxem" Beyl uchun 60 million evro taklif qildi

Alisher
16 iyul 2019, 12:26
"Real" yarim himoyachisi Garet Beyl APLga qaytishi mumkin.

"Shporlar" "Real"ga Beyl uchun 60 million evro taklif qilishdi.

Londonliklar uelslik futbolchi bilan shu yozdayoq shartnoma imzolashlari mumkin, ammo futbolchining yuqori maoshi masalasi hal etilishi kerak.

"Tottenxem" uning hozirgi maoshini yarmini to'lashga qodir. Bu esa 8,5 million evro deganidir.

Beyl yakunlangan mavsum "Real" safida 42ta o'yinda maydonga tushib, 14ta gol urishga erishgan.

Eslatib o'tamiz, futbolchi bundan oldin aynan "shporlar" sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca