"Tottenxem" - "Arsenal" o'yinida yangi rekord o'rnatildi

Tolibjon Qosimov
10 fev 2018, 19:35
Biroz avval APL 27-turi doirasida "Tottenxem" jamoasi o'z maydonida "Arsenal"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.

Ana shu uchrashuvni bevosita stadiondan kuzatish uchun "Uembli"ga 83222 nafar muxlis tashrif buyurdi.

Bu Premer-liga uchun yangi rekord hisoblanadi. Bundan oldingi rekord 1 fevral kuni o'rnatilgan edi. O'shanda "Tottenxem" "Uembli"da MYUni qabul qilgan edi (81978 muxlis).

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/MiguelDelaney