"Tottenxem" 3ta qimmat transfer uchun pul ajratdi. Ularning nomi ham ma'lum

Aslanov Jasurbek
25 may 2018, 13:24
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan shartnoma 2023 yilgacha uzaytirilganidan so'ng, "shporlar" yozgi transferga tayyorgarlikni boshlashdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, "shporlar" prezidenti Daniel Levi va klub egasi Jo Lyuis uch nafar qimmat futbolchi uchun pul ajratishdi. "Tottenxem"ning asosiy transfer maqsadi "Manchester Yunayted" forvardi Antoni Marsyal.

Bundan tashqari, "shporlar" "Fulxem" himoyachisi Rayan Sessenonga hamda transferga qo'yilgan Tobi Alderveyreld o'rnini egallashi kutilayotgan "Ayaks" futbolchisi Mateys De Ligtga qiziqish bildirmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror