"Totenxem" Adebayor bilan xayrlashmoqchi emas

Aslanov Jasurbek
21 yanv 2015, 15:44
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pokettino "Sheffild Yunayted"ga qarshi Angliya liga Kubogining yarim final o'yinidan oldin hujumchi Emmanuel Adebayor bilan xayrlashmoqchi emasligini ta'kidladi.

Xabarlarga ko'ra, futbolchiga "Parma" qiziqish bildiryapti.

"Emmanuel jamoaning muhim futbolchisi. U kerak bo'lib qolsa, albatta undan foydalanaman" - deydi murabbiy.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru