

Endilikda Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi – UEFA bilan ham hamkorlikda bir qancha loyihalar amalga oshiriladi.
Xususan, 9-13 mart kunlari UEFA Assist tashabbusi doirasida tashkilotning xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Eva Paske boshchiligidagi UEFA delegaciyasi yurtimizda bo'ladi va O'FAning ish-faoliyati bilan yaqindan tanishadi. Tashrif doirasida O'FA rahbar hamda xodimlari bilan, PFL va Coca Cola Superliga klublari vakillari bilan uchrashuvlar tashkil etiladi, O'FA hamda PFLning har bir yo'nalish bo'yicha olib borayotgan faoliyati UEFA mutaxassislari tomonidan atroflicha o'rganiladi hamda yakunda assotsiatsiya ish faoliyati samaradorligini oshirish, yurtimizda futbol rivojlanish darajasini yanada ko'tarishga yo'naltiriluvchi qo'shma loyihalar, mutaxasislarning Yevropaning yetakchi assotsiatsiyalarida malaka oshirishi, qolaversa O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalarining muntazam ravishda Yevropada tashkil etiladigan xalqaro musobaqalarda ishtirokini taminlash kabi masalalar muhokama qilinadi.
13 mart kuni esa mazkur tashrif yakunlariga bag'ishlangan matbuot anjumani ham tashkil etish rejalashtirilgan.



