Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi

Narzulla Saydullayev
11 avg 2019, 18:03
Bugun, 11 avgust kuni “Paxtakor-79” a'zolari vafotiga sabab bo'lgan aviahalokat sodir bo'lganiga 40 yil bo'ldi.

Shu munosabat bilan bugun Toshkentda “Paxtakor-79” xotirasiga bag'ishlangan tadbirlar o'tkazildi.

Avvaliga soat 09:00 da futbol jamoatchiligi “Paxtakor” stadioni hududida joylashgan “Paxtakor-79” yodgorligi oldida to'plandi va unda aviahalokat oqibatida hayotdan ko'z yumgan marhum paxtakorchilarni xotirladi.

“Paxtakor” stadionidagi tadbir yakunlangach, yig'ilganlar aviafalokat oqibatida dunyodan ko'z yumgan futbolchilar sharafiga o'rnatilgan yodgorlikni ziyorat qilish uchun “Botkin” qabristoniga tashrif buyurishdi. Unda futbol jamoatchiligi Superliganing bir qator klublari va muxlislar ishtirok etishdi.




O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia