

Toshkent viloyati futbol assotsiatsiyasi qoshida kam taminlangan oilalarning farzandlari uchun maxsus futbol to'garagi ochilgan edi. Bugungi kunda mazkur maxsus to'garakda 10-12 yoshli 60 nafardan ziyod bola millionlar o'yining ilk sir asrorlarini o'rganmoqda. Murabbiy assotsiatsiyaning ayollar va mini-futbol bo'limi boshlig'i, O'zbekistonning etti karra chempioni Aziz Ermatova. Bolalar ixtiyoriga assotsiatsiyaning maydoni topshirilgan.
Bu loyihani assotsiatsiya ishlab chiqqan va moliyalashtirmoqda.




