Toshkent derbisi va "Olimpik" – "Nasaf" uchrashuvi qayerda o'tkaziladi?

Sherzod Nurmatov
9 noya 2022, 12:55
Coca Cola Superligasi 26-turidan o'rin olgan barcha uchrashuvlar 12 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

Mazkur tur doirasidagi "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvi qaysi maydonda bo'lib o'tishi mavhumligicha qolayotgandi. Ma'lum bo'lishicha, Toshkent derbisiga "Jar" arenasi mezbonlik qiladigan bo'ldi. Bu stadionda o'tishi rejalashtirilgan "Olimpik" – "Nasaf" bahsi esa "Paxtakor" stadioniga ko'chirildi. 

Avvalroq saytimiz orqali PFL "Bunyodkor" – "Paxtakor" uchrashuvini Olmaliqda o'tkazish taklifini bergani haqida ma'lum qilgandik.

Coca Cola Superligasi. Chempion nomi aniq bo'ladigan so'nggi tur hakamlari ma'lum

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: pfl.uz