Torres: "Yosh bolalardek xursandman"

Mirjalol Normatov
3 yanv 2022, 22:49
"Barselona" hujumchisi Ferran Torres Kataloniya klubiga o'tgani borasida gapirdi.

"Yosh bolalardek xursandman. Bir qator futbolchilar bilan termada birga o'ynaymiz. Juda baxtliman.

"Malorka"ga qarshi o'yindagi g'alaba muhim edi. "Barselona" doimo sovrinlar uchun kurashadigan jamoa va doimiy o'sish jarayonida. Tarkib juda yosh va ular muvaffaqiyat sirlarini o'rganishi kerak.

"Barselona" uchun o'ynashni orzu qilardim va orzular ushaldi. Bu fakt.

"Siti" - dunyoning eng yaxshi klublaridan biri, biroq mening ambiciyalarim boshqacha. Shu sababli "Barselona"ga o'tishni va jamoani o'zi istayotgan o'ringa qaytarish uchun o'tdim. Bu erning kollektivi juda yaxshi", - dedi Torres.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal