Torres mashg'ulotlar paytida jarohat oldi

5 noya 2013, 10:03
“Chelsi” klubi hujumchisi Fernando Torres mashg'ulotlar davomida jarohat oldi, deb xabar beradi Daily Mail.

Jarohatning qanchalik jiddiyligi haqida hech qanday ma'lumot berilmayapti. Biroq hujumchi ertangi Chempionlar ligasi 4-tur guruh bosqichidan o'rin olgan “Shalke”ga qarshi o'yinda maydonga tushmasligi aniq bo'lib turibdi. Bugun Torres jarohatning jiddiyligi va tiklanish muddatini aniqlab beruvchi qo'shimcha tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.


Manba: football.kulichki.net