
Eslatib o'tamiz, Torres "Liverpul"da 3,5 yil to'p tepgan va 2011 yilning qishida "Chelsi"ga o'tadi.
"Bu hissiyotli vaziyat edi, bunga qanday javob berishni bilmay qoldim. "Liverpul" muxlislari men haqimda qo'shiq kuylashlarini kutmagan edim. Hech qachon "Enfild"dagi o'yinlarimni unutmayman. Hozirgacha bu qo'shiq eshitilib turibdi. "Liverpul"dagi 3,5 yil mening hayotim va faoliyatimni o'zgartirib yubordi" - deydi Torres.