“Torino” “Yuventus”dan Rinkonni 6 mln evroga sotib oldi

Aslanov Jasurbek
6 fev 2018, 01:31
“Yuventus” klubi rasmiy saytiada yarim himoyachi Tomas Rinkonga egalik huquqi “Torino”ga o'tganini ma'lum qildi.

“Torino” venesuelalik bu futbolchini o'tgan yilning avgustida “Yuventus”lan ijaraga olgan edi. Shartnoma bandida “Torino”ning keyinchalik futbolchining transferini sotib olish huquqi bor edi. 

Jamoa o'sha imkoniyatdan foydalanib qoldi. “Torino” 6 mln evro evaziga Rinkonni sotib oladi. To'lov 3 yil davomida amalga oshirib boriladi. Rinkon 2017 yilning yanvar oyida 8 mln evroga “Jenoa”dan “Yuventus”ga ko'chib o'tgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif