Torgan Azar Edenning "Real"dagi muammolari haqida: "Ispan matbuoti bilan oson bo'lmaydi"

Alisher
9 iyun 2021, 07:28
Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Torgan Azar akasi Edenning "Real"dagi muammolari haqida gapirdi.

"Ispan matbuoti bilan unchalik oson bo'lmaydi. Biz buni boshqa o'yinchilar bilan ko'rdik.

Boshqa tomondan uni nega bunday tanqid qilishlari tushunarli - Eden so'nggi ikki yil mobaynida o'zini ko'rsata olmadi.

Ispan matbuoti buni tushunadi va Edenning darajasini biladi deb o'ylayman. Umid qilamanki, kelasi mavsumda u o'zini ko'rsatadi", - deydi Torgan Azar.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca