Top-ligalar uchun eng ko'p tarbiyalanuvchilarni etkazib bergan klublar

Sherzod Nurmatov
26 okt 2023, 16:47
Bu borada Ispaniya akademiyalari yetakchilik qilmoqda.

"Real" top-ligalarda o'ynaydigan eng ko'p tarbiyalanuvchilarga ega. Bu haqda "CIES Football Observatory" xabar bermoqda.

"Qirollik klubi"ning jami 44 nafar bitiruvchisi top-ligalarda to'p tepadi va bu barcha klublar orasida eng yaxshi ko'rsatkich hisoblanadi.

"Barselona" esa 40 nafar futbolchi bilan 2-o'rinda. Kuchli uchlikni "Lion" yakunlab turibdi. "To'quvchilar"ning 31 nafar tarbiyalanuvchisi top-chempionatlarda o'ynamoqda.

Kuchli beshlikka "Valensiya" (29) va PSJ (28) ham kirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CIES Football Observatory