"Verona" hujumchisi Luka Toni Italiya terma jamoasining JCH-2014 uchun e'lon qilingan kengaytirilgan tarkib haqida o'z fikrlarini bildirdi.
"Prandelli men kutmagan bir qator qarorlarni qabul qildi. O'zim haqimda gapirayotganim yo'q. Yarim yil oldin tarkibga kira olmasligimni bilgandim. Alberto Jilardinoga achinayapman. Murabbiy A seriyada kamroq o'ynagan futbolchilarni tanladi".