Tomas Tuxel PSJ sport direktori Leonardodan norozi

24 okt 2020, 09:37
PSJ ustozi xafa bo'lgan.

PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel yozgi transferlar vaqtida o'zi so'ragan transferlar amalga oshmaganidan noroziligi ma'lum bo'ldi. Nemis mutaxassisi rahbariyatdan Luis Suares hamda Antonio Ryudigerni jamoaga olib kelishni so'ragan. Biroq klub sport direktori Leonardo bu transferlarga taqiq qo'ygan va rozilik bermagan. Shu boisdan Tuxel Leonardodan noroziligicha qolmoqda.

Eslatib o'tamiz, Luis Suares “Barselona”ni tark etib, “Atletiko M”ga o'tdi. Ryudiger esa “Chelsi”da qoldi.

O'xshash yangiliklar


Manba: L’Equipe