Tomas Tuxel: O'zimizni eng zo'ri deb o'ylagandik, ammo Barselona…

Tolibjon Qosimov
9 mar 2017, 17:53
Dortmundning Borussiya klubi ustozi Tomas Tuxel Benfikaga qarshi o'yindan so'ng (4:0) Barselona – PSJ (6:1) bahsiga to'xtalib o'tdi.

Men stadionni tark etganimda Barselona 4:1 hisobida oldinda edi. Ofisga kelganimda 5:1 bo'lgandi.

Barselonani yaxshi ko'raman. PSJ xafa bo'lmasin, ularni ham yaxshi ko'raman. Barchamiz yaxshi kayfiyatda edik. U yerda televizor bor edi va barcha o'yinni tomosha qildi.

Oxirgi gol darvozaga urilganida barchaning fikri bir joydan chiqdi. Biz zo'rmiz ammo bu yigitlar… kechirasizlar, – deydi Tuxel.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Viasat Fotball‏