Tomas Tuxel norozi muxlislarga murojaat qildi

Mirjalol Normatov
16 okt 2024, 20:02
Angliya termasining yangi bosh murabbiyi Tomas Tuxel muxlislarning noroziligi haqida gapirdi.

"Pasportim Germaniyaniki ekanligidan afsusdaman. Lekin muxlislar bilishi kerakki, men APL va Angliyani sevaman. Bu yerda yashash menga yoqadi.

Umid qilamanki, Angliya termasi bosh murabbiyi bo'lish men uchun faxrli bo'lishini ularga namoyish qilib beraman. Bu davlatga va o'z ishimga qattiq hurmat bilan qarayman", - dedi Tomas Tuxel.

Ma'lumot uchun, Tuxel Angliya termasi tarixidagi uchinchi xorijlik murabbiy hisoblanadi. Bunga qadar 2001-2006 yillar davomida 67 o'yinda Sven-Goran Eriksson, 2008-2012 yillarda 42 o'yinda Fabio Kapello termani boshqargan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/Plettigoal