Tomas Myuller "Bavariya"ni tark etishini e'lon qildi

Alisher
5 apr 2025
Tomas Myuller joriy mavsum yakunida "Bavariya"ni tark etishini e'lon qildi.

35 yoshli futbolchi bo'lajak klublar o'rtasidagi jahon chempionatida jamoa safida harakat qilishni rejalashtirmoqda.

Myuller o'z bayonotida jamoani tark etish qarori klubning u bilan shartnomani uzaytirmaslik qarori bilan bog'liqligini takidlagan.

"Klub men bilan kelasi mavsum uchun yangi shartnoma borasida kelishib olmaslikka qaror qildi. Klub o'z tamoyillariga amal qilishi muhim, garchi bu mening shaxsiy istaklarimga mos kelmasa ham. Klubning ular uchun oson bo'lmagan bu qaroriga hurmat bilan qarayman," - deb yozdi Myuller ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Myuller 2007 yilning 15 avgustida "Bavariya"ning asosiy tarkibida debyut qilgan. U 12 marta Germaniya chempioni bo'lgan.


AlisherMuallif
Manba: fcbayern.com