Tirni “Seltik” bilan 6 yillik shartnoma imzoladi

Aslanov Jasurbek
31 okt 2017, 02:26
Chap qanot himoyachisi Kiran Tirni Shotlandiya chempioni “Seltik” bilan yangi 6 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Shotlandiyalik 20 yoshli futbolchi aynan “Seltik” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Asosiy tarkibdagi debyut o'yinini 2015 yilda o'tkazgan. O'shanda beri Kirni jami 97 ta o'yinda maydonga tushgan.

Ikki bor Shotlandiya chempioni va bir marotaba mamlakat kubogi sohibiga aylangan. Joriy mavsumda u jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan va 4 ta golga assistentlik qilgan. 


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif