Timo Verner Bundesligada 8 yildan beri qayd etilmagan natijaga erishdi

18 iyun 2020, 08:46
“Leyptsig” Bundesliganing navbatdagi turida “Fortuna” bilan 2:2 hisobida durang qayd etdi.

Uchrashuvda “Leyptsig” safida Timo Verner ham gol urishga erishdi. Natijada Timo so'nggi 8 yil ichida Bundesligada 26 ta gol urgan ilk nemis futbolchisi bo'ldi. So'nggi bor bunday natijani 2011/12 yilgi mavsumda Mario Gomes qayd etgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gracenote Live