Tim Krulning suv idishida "Tottenxem" futbolchilari haqida ma'lumot bo'lgan ekan

Aslanov Jasurbek
5 mar 2020, 16:08
Kecha, 4 mart kuni "Tottenxem" hamda "Norvich" o'rtasida Angliya Kubogi 1/8 final uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushba bahsning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. "Norvich" posboni Tim Krull penaltilar seriyasida bir nechta seyv ijro etib, jamoani keyingi bosqichga chiqishiga katta hissa qo'shdi.

Krull o'yindan oldin har ehtimolga qarshi o'zining suv idishiga raqib futbolchilari penaltini ko'proq qaysi tomonga tepishini yozib olgan ekan. Darvozabon ushbu "shpargalka" orqali "Norvich"ning g'alabasini taminladi.




O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: B/R Football