Tiago Silva: "PSJda "Chelsi" to'sig'idan o'tish uchun ajoyib imkoniyat bor"

Aziz Tukhtamuradov
11 mar 2015, 21:29
PSJ futbolchisi Tiago Silva "Chelsi"ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"O'ylaymanki, imkoniyatlarimiz ajoyib. Jamoamiz ushbu mavsumda juda kuchli. O'tgan mavsumda "Chelsi"ni o'z maydonimizda 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgandik. Ammo, bu safargi o'yinda yaxshiroq harakat qildik. Shu sababli, javob o'yini oldidan o'zimizga bo'lgan ishonch yuqori. Bu yilgi PSJ o'tgan yilgisidan kuchli.

"Chelsi" ajoyib jamoa. Ammo, ularni yutsa bo'ladi", - deydi braziliyalik himoyachi.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: soccer.ru