The Telegraph Ronalduning transferini 150 mln evroga baholamoqda

Narzulla Saydullayev
18 iyun 2017, 11:01
Angliyaning The Telegraph nashri Realni tark etmoqchi bo'lgan Krishtianu Ronaldu haqida maqola chiqardi.

Noyabr oyida 32 yoshli portugaliyalik futbolchi Madrid klubi bilan yangi 5 yillik shartnoma tuzgandi. Unga ko'ra Ronalduning tovon puli 1 milliard evroga teng.

Gazeta fikriga ko'ra Real Ronalduni 150 million evroga sotishi va dunyo rekordini yangilashi mumkin.

Hujumchiga Manchester Yunayted, PSJ, Monako va Xitoy klublaridan biri da'vogarlik qilmoqda.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: telegraph.co.uk