The Sun: Shesni "Arsenal" bilan yangi shartnoma imzoladi
Tolibjon Qosimov
2 noya 2013, 16:24
"Arsenal" klubi jamoa darvozaboni Voycex Shesni bilan yangi shartnoma tuzdi, deya xabar bermoqda The Sun.
Polshalik futbolchi yangi shartnoma muddati yakuniga qadar 20 million funt ishlab topadigan bo'ldi. Shunday qilib, Shesnining maoshi deyarli ikki barobarga oshdi va endilikda u jahonning eng ko'p maosh oladigan darvozabonlaridan biriga aylandi.