The Guardian: Nyukasl Arsenalga Kabayni sotmoqchi emas

Tolibjon Qosimov
19 avg 2013, 19:41
Nyukasl Arsenal klubining Yoan Kabay uchun berilgan 10 million funtlik taklifiga rad javobini berdi.
Klub xo'jayini Mayk Eshli fransiyalik futbolchini bundan qimmatroqqa sotmoqchi, deb xabar bermoqda The Guardian.

Nyukasl Kabayning transferidan taxminan 20 million funt ishlab olmoqchi. Futbolchining yana uch yillik shartnomasi bor.

Oldinroq PSJ Fransiya terma jamoasi a'zosi uchun 15,5 million funt bermoqchi ekani haqida xabarlar chiqqandi. 

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru