Terri Anri "Oltin to'p"ni Rodri yutishi kerak deb hisoblaydi

Administrator
23 okt 2024, 22:35
Sobiq futbolchining fikricha, yarim himoyachilar – jamoa yuragi.

Terri Anri bu yil "Oltin to'p"ni kimga topshirish kerakligi haqida o'z tanlovini aytdi.

"Rodri. Men har doim Xavi yoki Andres Inesta o'ynayotgan payt ular "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishini xohlardim.

Insonlar yarim himoyachilar nimalar qilishini bazan unutib qo'yishadi. Ular – jamoa yuragi. Rodri – "Manchester Siti" yuragi. Bilaman, u YCHLni qo'lga kiritmadi, ammo u Ispaniya bilan Yevropa chempioni bo'ldi.

Vini Kopa Amerikada unchalik ham yaxshi harakat qila olmadi. Biroq, Vinisius "Oltin to'p"ni qo'lga kiritsa ham adolatdan bo'ladimi? Ha", -deydi Terri Anri.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: Metro