Terri Anri: "O'ylaymanki, "Real"ni Zidan boshqaradi"

Aziz Tukhtamuradov
14 may 2015, 19:12
Fransiyalik sobiq futbolchi Terri Anrining fikricha, agar Anchelotti "Real"dan ketadigan bo'lsa, uning o'rnini Zinedin Zidan egallaydi.
"O'ylaymanki, qachonlardir Gvardiola bilan bo'lgani kabi bosh murabbiylik lavozimini Zidan egallaydi. Xosep yoshlar jamoasini boshqarayotganda unga hali asosiy tarkibni boshqarishga vaqt borligini aytishgandi. Biroq, u barchasini  a'lo darajada uddalagandi. Shuningdek, Zidanning ham afsonaviy futbolchi bo'lganligini esdan chiqarmaslik lozim", - deydi Anri.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: football.kulichki.net