Terri Anri APLdagi eng yaxshi hujumchini aytdi

Mirjalol Normatov
15 may 2018, 19:21
"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Terri Anri APLdagi eng kuchli hujumchini aytdi.

"Firmino - APLdagi eng yaxshi hujumchi. Men eng yaxshi to'purar haqida gapirmayapman. Men hujumchining barcha vazifalarini bajarayotgan futbolchi xususida to'xtalyapman. Roberto barcha mavsumlarda o'zining barqarorligini ko'rsatmoqda", - dedi Anri.

Firmino bu mavsum APLda 37 uchrashuv o'tkazib, 15 gol urdi va 8 assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror