Terma jamoamiz Qatarga uchib bordi

Narzulla Saydullayev
4 okt 2014, 17:20
Xabaringiz bor, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi oktyabr oyida uchta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Unga ko'ra 6 oktyabr kuni Doxada Qatar terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tadi. 10 va 14 oktyabr kunlari esa Dubayda Bahrayn va Abu-Dabida BAA milliy terma jamoalariga qarshi o'yinlar tashkil etiladi.

Shu munosabat bilan terma jamoamiz bugun Qatarga uchib bordi. Doxaga ketadigan tarkibni birozdan so'ng saytimizda e'lon qilamiz.

6 oktyabrdagi Qatarga qarshi ilk bahsda Odil Ahmedov, Temur Kopadze, Sanjar Tursunov va Server Jeparov kabi legionerlar maydonga tushishmaydi. Sababi ularning bari kecha va bugun o'z klublari safida muhim o'yinlarda ishtirok etishgani tufayli Qosimov bu futbolchilarga dam berishga qaror qildi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia