“Terma jamoa gvardiyachilari” nomli loyihada O'zbekiston terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilarning statistik ko'rsatkichlari bilan tanishib borishingiz mumkin bo'ladi.
Loyihamizning dastlabki ikki sonida Temur Kapadze va Server Jeparov haqida ma'lumotlar berilgandi.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha uchinchi o'rinda turgan hujumchi Aleksandr Geynrix haqida ma'lumotlar beramiz. “Aktobe” klubi safida bu yil Qozog'iston chempioni bo'lgan futbolchi bugunga qadar 84 marta milliy terma jamoa libosini kiygan.
Geynrix 84ta o'yinning 22tasida to'liq o'ynagan. 31ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. Yana 31ta holatda esa u murabbiylar tomonidan zaxiradan maydonga tushirilgan. Sasha milliy terma jamoa safida jami 4938 daqiqa harakat qilgan.
Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasi
Geynrix terma jamoadagi debyutini 2002 yilning 14 may kunida Slovakiyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida o'tkazgan. Uni ham Kapadze va Jeparov sinagri terma jamoaga bosh murabbiy Ravshan Haydarov jalb qilgan. O'sha kuni u Nematulla Quttiboev o'rniga maydonga tushib 37 daqiqa harakat qilgan. Slovakiya o'sha o'yinda yirik 4:1 hisobida g'alaba qozongan.
Asosiy tarkibdagi ilk uchrashuvini esa Geynrix 2002 yilda Ozarboyjonga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida nishonlagan. O'zbekiston terma jamoasi Bokuda mezbonlarga 0:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Aynan mana shu bahsda Aleksandr Geynrix milliy terma jamoamiz safida dastlabki ogohlantirishini olgan. Shu kungacha o'tkazgan futbolchi 18 ta sariq kartochka olgan.
Terma jamoa safidagi yagona qizil kartochkani esa Geynrix 2010 yil Dubayda Bahraynga qarshi bahsda olgan. Uchrashuvning 11-daqiqasida gol urgan Sasha 55-daqiqada chetlatilgandi.
Qahramonimiz terma jamoamiz safidagi dastlabki to'liq uchrashuvini Osiyo kubogi-2004 doirasida Bahraynga qarshi o'tkazgan. O'sha o'yinning asosiy vaqti 2:2 hisobida tugagan va g'olibni aniqlash uchun qo'shimcha vaqtlar va penaltilar seriyasiga murojaat qilingan. Uchashuvda Geynrix ham o'yin vaqtida ham penaltilar seriyasida gol urishga erishgan. Hujumchi termadagi dastlabki golni esa Minskda Belorussiyaga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida urgan. O'sha bahsda 2:2 hisobi qayd etilgandi. Sasha 70-daqiqada uchrashuvdagi so'nggi to'pni kiritgandi.
Ishtirok etgan musobaqalari
Qahramonimiz Osiyo kubogi-2004, Osiyo kubogi-2007 va Osiyo kubogi-2011 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Yaqinda jamoamiz Osiyo kubogi-2015 yo'llanmasi ham qo'lga kiritganidan xabaringiz bor. Bundan tashqari Geynrix JCH-2006, JCH-2010 va JCH-2014 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2004 yili Xitoyda o'tgan Osiyo kubogida Kapadze terma jamoamiz safida 3ta uchrashuvida maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazgan. Hujumchi Saudiya Arabistoni va Bahraynga qarshi bahslarda gol urishga muvaffaq bo'lgan. To'rtta davlatda tashkil qilingan Osiyo kubogi-2007da ham terma jamoamiz chorak finalda to'xtagan. Bu musobaqaning barcha o'yinida zaxiradan maydonga tushgan Sasha Xitoyga qarshi o'tgan chorak final o'yinida to'p kiritgan. So'nggi Osiyo kubogi Qatarda bo'lib o'tgani ko'pchilikni yodida. U yerda terma jamoamiz o'z tarixida birinchi marta yarim finalga qadar yetib bora oldi. Aleksandr Geynrix o'sha musobaqada terma jamoamiz safida barcha 5ta o'yinda ham maydonga tushgan va uchta gol urgandi. U Xitoyga bitta va Janubiy Koreya darvozasiga ikkita gol urgan.
Raqib terma jamoalar
Futbolchi 31ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoasi bu Janubiy Koreya hisoblanadi. Biz uchun noqulay raqib bo'lgan terma jamoaga qarshi Sasha 7 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Bahrayn va Qatar termalari borishmoqda - 7tadan o'yin.
Gollari
84ta o'yinda 28ta gol urgan Geynrix bu borada ham terma jamoa tarixida uchinchi o'rinda bormoqda. Futbolchi Bangladesh, Malayziya, Janubiy Koreya va Quvaytga qarshi o'yinlarda dublga erishgan. Jami 19ta jamoa darvozasi ishg'ol etilgan.
Geynrix Janubiy Koreya, Bahrayn va Quvaytga qarshi o'yinlarda 3 martadan to'p kiritgan.
Hujumchi termamiz safida bir qator muhim gollarni urgan. Osiyo kubogi-2004 guruh bosqichining 2-turida Saudiya Arabistoniga qarshi kechgan o'yinning birinchi bo'limida urilgan ajoyib gol jamoamizga uch ochko taqdim etishdan tashqari keyingi bosqich yo'llanmasini keltirgandi.
2007 yil avgust oyida Kievda Ukrainaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilgan. O'sha o'yinning so'nggi daqiqalarda jarima to'pidan mezbonlar darvozasini ishg'ol qilgan. To'g'ri ushbu gol jamoamizga ochko keltirmagan, biroq Geynrix hozirga qadar Ukraina terma jamoasi darvozasini ishg'ol qilgan yagona o'zbekistonlik futbolchi bo'lib turibdi. JCH-2010 saralashi doirasida Toshkentda Singapurni qabul qilgan termamiz uzoq vaqt davomida raqib darvozasiga yo'l topa olmagan. O'yinning ikkinchi bo'limida maydonga tushgan Geynrix 80-daqiqada gol urib jamoamizga muhim g'alabani taqdim etgandi. Osiyo kubogi-2011 guruh bosqichida Xitoyga qarshi o'yinda ajoyib gol urgandi, o'sha bahs 2:2 hisobida yakuniga etgandi va jamoamiz keyingi bosqichga yo'l olgandi. JCH-2014 ikkinchi saralash bosqichi doirasida Toshkentda Qirg'iziston terma jamoasiga qarshi o'ynagan. Vakillarimiz o'sha o'yinda yaqqol favorit hisoblangan, biroq dastlabki daqiqalardagi bir qator hujumlar besamar yakunlanavergan. 28-daqiqada Sashaning hisobni ochishi jamoamiz ruhiyatini ko'targan, yakunda biz 4:0 hisobida zafar quchganmiz. Menimcha Geynrixning eng muhim goli bu 2011 yil Pxenyanda KXDRga qarshi o'yinda urilgan. O'sha o'yinning 26-daqiqasida hujumchi tomonidan urilgan gol bahs taqdiri hal qilgan – 0:1.
Sariq kartochkalari
Yuqorida aytib o'tganimizdek Geynrix terma jamoa safida 18ta sariq qartochka olgan. Sasha Qatar, Xitoy Taypei, Livan, BAA, Tojikistonga qarshi o'yinlarda ikki martadan, Xitoy, Janubiy Koreya, Quvayt, Estoniya, Armaniston, Yaponiya, Iroq va Ozarboyjon kabi termalar bilan o'yinlarda bir martadan ogohlantirilgan.
Yillar
Geynrix 2002 yildan buyon terma jamoada muntazam ravishda to'p tepib kelmoqda. Yani, oxirgi 10 yilning barchasida terma jamoa safida maydonga tushgan kam sonli futbolchilardan biri. Dastlabki yilda u 2ta o'yinda maydonga tushgan. Terma jamoamiz o'sha yili 2 ta o'yin o'tkazgan. Bu Sasha uchun ortda qolgan yillar ichida eng kam o'ynagan yil hisoblanadi. Eng ko'p o'ynagan yil esa o'tgan 2011 yilga to'g'ri keladi. Sababi ushbu yilda Osiyo kubogi 2011 musobaqasi, JCH-2014 saralashining dastlabki 3 ta bosqichi va o'rtoqlik uchrashuvlari bo'lib o'tdi. Natijada Geynrix 14 ta o'yinda qatnashdi. Hujumchi 2006 va 2010 yillarda terma jamoamiz o'tkazgan barcha o'yinlarda maydonga tushishga erishgan. Yakunlangan 2013 yilda termamiz 12ta uchrashuv o'tkazdi, Sasha shulardan 7tasida ishtirok etdi.
Aleksandr Geynrixning yubiley o'yinlari
Keyingi juma kuni Ignatiy Nesterov haqida ma'lumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi.

# | Raqib | O'yin maqomi | Hisob | Sana | Daqiqasi |
1 | Slovakiya | O'rtoqlik | 1:4 | 14.05.2002 | 37 |
25 | Bangladesh | Osiyo kubogi-2011 saralashi | 4:0 | 11.10.2006 | 14 |
50 | Albaniya | O'rtoqlik | 0:1 | 11.08.2010 | 90 |
75 | BAA | O'rtoqlik | 2:2 | 12.10.2012 | 46 |
80 | BAA | Osiyo kubogi-2015 saralashi | 1:2 | 22.03.2013 | 59 |