Terakt natijasida "Stad de Frans"da uch kishi halok bo'ldi

Aslanov Jasurbek
14 noya 2015, 13:24
Fransiya va Germaniya terma jamoalari o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi (2:0) vaqtida stadionda sodir bo'lgan terakt natijasida uch kishi halok bo'ldi.

Bu haqda Fransiya futbol federatsiyasi prezidenti Noel le Grae teleefirda ma'lum qildi.

"J kirish yo'lida bomba portladi, natijada uch kishi halok bo'ldi va ko'pchilik jarohat oldi" - deydi Le Grae.

O'yinni tomosha qilishga kelgan Fransiya prezidenti Fransua Olland bahs yakuniga qadar stadiondan evakuaciya qilindi. Parijda sodir bo'lgan teraktlar seriyasi natijasida 100dan ortiq kishi halok bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Canal +