Ter Shtegen: "Messining ikkinchi goli men uchun og'riqli bo'ldi"

Mirjalol Normatov
19 apr 2019, 20:09
"Barselona" posboni Mark-Andre ter-Shtegen "Manchester Yunayted"dagi hamkasbi David De Xeani qo'llab-quvvatladi.

"Messining ikkinchi golini nishonlamadim. De Xeaning xatosi bilan bo'lgan gol menga og'riqli bo'ldi. Biz, barchamiz odamlarmiz. Bugunmi ertagami xato qilamiz. Bizning seyvlarimizni emas, xatolarimizni eslashadi doim.

O'yindan keyin De Xea yupatib, hayot davom etishini aytdim. Bu xatolar barchada bo'ladi", - dedi darvozabon.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana