Ten Xag: "MYU istalgan jamoani yutishga qodir"

Aslanov Jasurbek
27 iyul 2024, 13:55
Erik ten Xag Angliya Kubogidagi g'alaba va iste'fo tahdidi haqida gapirdi.

"Butun faoliyatim davomida qilib kelgan ishni bajardim. O'zimga ishondim va sovrin bizniki bo'ldi.

Endi yangi mavsumdamiz, hammasi ortda qoldi. Loyihamiz zo'r.

Biz iloji boricha kuchliroq tarkibga ega bo'lishni xohlaymiz. Hozirgacha ikkita yaxshi xaridni amalga oshirdik. Tarkibda hamma sog' bo'lsa, istalgan jamoani yuta olamiz.

Ammo tarkibni yanada kengaytirishimiz kerak, chunki jarohatlar ko'p bo'lmoqda. Bu mavsum hammadan yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo'lgan jamoa g'olib bo'ladi" - dedi MYU ustozi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: x.com/ChrisWheelerDM