

"Real"ning Kazemironi sotishga qaror qilganidan baxtliman! Biz uning o'yinini o'tgan jahon chempionatida ko'ra oldik. U fantastik futbolchi. Bizga mavsum oldidan tayanch yarim himoyachisi kerak edi va u to'lig'icha bu poziciyani yopdi.
"Manchester Yunayted" uchun jamoada Kazemiro bo'lishidan xursandman, sababi haqiqatdan ham u "qizil iblislar"ning imkoniyatlarini oshiradi", - deydi ten Xag.
30 yoshli braziliyalik joriy mavsum "Yunayted" safida 20ta o'yinda 1ta gol va 2ta assistga erishdi.



