Ten Hag o'z uslubida navbatdagi mag'lubiyatga izoh berdi: “Hech bir klub bizdagidek ko'p muammo va jarohatlarga dosh berolmaydi”

Khoja
31 dek 2023, 08:03
“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag “qizil iblislar”ning APLdagi muvaffaqiyatsizliklar sabablarini tushuntirdi.

“Biz barqaror va yaxshiroq o'ynashimiz kerak. O'yin 90 daqiqa davom etadi va biz birinchi daqiqadanoq hujumga o'tishimiz kerak. Umid qilamizki, yangi yilda ko'plab futbolchilar qaytib, jamoani kuchaytiradi.

Hech bir klub bizdagidek ko'p muammo va jarohatlarga dosh berolmaydi”,-deb fikr bildirdi MYU ustozi.

Ma'lumot uchun, “Manchester Yunated” so'nggi oltita uchrashuvining to'rttasida mag'lub bo'ldi. Jamoa bir yildagi mag'lubiyatlari soni bo'yicha 51 yillik antirekordni ham yangilashga erishdi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com