

Mankunianlar ustozi ovoz berish natijalariga ko'ra, kuzning birinchi oyida murabbiylar orasida eng muvaffaqiyatlisi, deb topildi.

52 yoshli mutaxassis 2016 yil yanvar oyida "Sautgempton" murabbiyi Ronald Kumandan keyin ushbu titulni qo'lga kiritgan birinchi niderlandiyalik bo'ldi. Shuningdek, 2019 yil yanvar oyida MYU boshqaruvida bo'lgan Ole Gunnar Sulshyerdan keyin mazkur sovringa ega chiqqan jamoa murabbiyiga aylandi.
Ten Hag "qizil iblislar" o'yiniga yaqqol o'zgarish olib kirdi va "Arsenal"ning g'alabali seriyasini to'xtatishdan oldin "Lester"ni mag'lub qildi hamda jamoaning turnir jadvalida 5-o'ringa qadar ko'tarilib olishini taminladi. Mutaxassis ovoz berish natijalariga binoan Antonio Konte va Gari O'Nilni ortda qoldirdi.



