Temurxo'ja Abduxoliqov dubl qayd etib "Al Sayliya"ga g'alaba keltirdi

14 apr 2017, 22:18
Qatar Yulduzlar ligasida 26-turidan o'rin olgan bahslar bo'lib o'tdi.

"Al Sayliya" o'z uyida "Al Vakra"ni qabul qilib 3:1 hisobida g'alabaga erishdi. Mezbonlar tarkibida Temurxo'ja Abduxoliqov ikkita golga mualliflik qildi. Abduxoliqov uchrashuvda to'liq o'ynadi, Sanjar Shoahmedov esa 62-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 

26ta uchrashuvdan 31 ochko to'plagan "Al Sayliya" 14 jamoa orasida 8-o'rinda bormoqda.


Qatar Yulduzlar ligasi. 26-tur
"Al Sayliya" - "Al Vakra" 3:1
Gollar:
Temurxo'ja Abduxoliqov 24, 85, Muhammad Muttazer 63 - Ahmad Fadel 38



O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia