

Fransiya futbolchilari Orelen Tchuameni va Teo Ernandes terma jamoaning juma kungi mashg'ulotlarini o'tkazib yuborishdi. Tchuameni sonidagi muammo sabab mashg'ulotlarda qatnasha olmagan. Teoning esa tizzasida noqulaylik paydo bo'lgan.
Bundan tashqari, Fransiya bilan Konate, Varan va Koman ham mashq qilmagan.
Ma'lumot uchun, 18 dekabr kuni soat 20:00 da Fransiya Jahon chempionati finalida Argentinaga qarshi maydonga chiqadi.



