Taxminiy EVRO-2016 loyihasi ishga tushdi

Narzulla Saydullayev
10 iyun 2016, 12:00
Bugun Fransiyada 2016 yilgi Yevropa chempionati bahslari start oladi.

Biz ushbu musobaqani yanada qiziqarliroq qilish maqsadida 10 nafar futbolchi o'rtasida taxminiy Evro-2016 loyihasini ishga tushirishga qaror qildik.

O'zbekistonlik 10 nafar futbolchi har bir uchrashuvga o'zining taxminiy hisobini beradi. Ballar quyidagi tartibda baholanadi:
Aniq topilgan hisob - 3 ball
Aniq topilgan to'plar farqi - 2 ball
G'olib jamoa topilgan - 1 ball

Shu orqali eng ko'p ball to'plagan futbolchi loyiha g'olibi deb topiladi.

Demak quyida Fransiya - Ruminiya uchrashuviga berilgan taxminlar bilan tanishing.

Ikrom Aliboev 2:0
Rustamjon Ashurmatov 3:1
Akromjon Komilov 3:1
Javohir Sidiqov 3:1
Doston Tursunov 2:1
Zabihillo O'rinboev 3:0
Dostonbek Hamdamov 3:0
Dilshod Hamroev 3:0
Eldor Shomurodov 1:0
Otabek Shukurov 2:0


Ko'rib turganingizdek, barcha ishtirokchilarimiz bir ovozdan Fransiyaning g'alabasini taxmin qilishmoqda. Siz nima deb o'ylaysiz bugungi bahs qanday natija bilan tugaydi?

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia