Tarixda ilk bor Jahon chempionatida Markaziy Osiyodan 2 ta terma jamoa ishtirok etadi

Iskandarov Abdulaziz
24 apr 2024
Biroz oldin futzal bo'yicha Osiyo Kubogining chorak finalidan o'rin olgan uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Tojikiston - Afg'oniston o'rtasidagi Markaziy Osiyo derbisida omad Payrav Vohidov shogirdlariga kulib boqdi. Shu tariqa Tojikiston o'z tarixida birinchi marotaba mundialga yo'llanma qo'lga kiritdi. Endilikda Jahon chempionatida Markaziy Osiyodan 2 ta terma jamoa ishtirok etadi. Bunday holat ilk bor yuz bermoqda. 

Mazkur ko'rsatkichlar nafaqat O'zbekiston, balki qo'shnilarimizda ham futzal sport turi rivojlanayotganidan dalolat beradi.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia