
"Paxtakor" - "Mashal" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan final uchrashuvida maydon tashqarisiga chiqib ketadigan to'plarni olib kelish "Paxtakor" akademiyasining 1993 yilda tavallud topgan futbolchilarining chekiga tushgan ekan. Quyidagi suratda Anvarjon Soliev maydonga tushishga hozirlik ko'rayapti. Uni orqasida Maksimilian Fominni ko'rishingiz mumkin. Buni qarangki, Maksga O'zbekiston tarixidagi eng yaxshi hujumchilardan biri bo'lgan Soliev bilan birga o'ynash imkoniyati paydo bo'ldi.
Oradan roppa-rosa 5 yil o'tib Kubok yonida turgan Vladimir Kozakning o'zi "Paxtakor" jamoasi safida mamlakat Kubogi soxibi bo'lishini o'ylaganmikin? O'zbekiston yoshlar terma jamoasining sardori o'yinni kuzatish bilan band.
Agar Sizda ham shunga o'xshash suratlar bo'lsa, asia@championat.asia manziliga yuboring.
Nodirxo'ja Yuldashev tayyorladi