Taniqli futbol sharhlovchisi va FIFA "ovozi" Jon Motson vafot etdi

Sherzod Nurmatov
23 fev 2023, 16:47
Afsonaviy sharhlovchi Jon Motson 77 yoshda hayotdan ko'z yumdi.

Motson radiodagi faoliyatini 1968 yilda boshlagan. Gazeta muxbiri sifatida ish boshlagan Motson keyinchalik BBCga ishga o'tib, Radio 2'da sport eshittirishi boshlovchisi bo'lib faoliyat yuritgan. 

Uning sharhlovchi sifatidagi faoliyati uzluksiz 50 yil davom etdi. E'tiborlisi, 1989 yildp "Xillsboro" stadionida falokat yuz berganida Motson stadionda edi. Aynan uning ovozi o'sha kunning aksariyat yangiliklarida yangrab o'tgan.

U 10 ta Jahon chempionatini sharhlab borgan. Shuningdek, FIFA futbol simulyatori bir nechta seriyalarida sharhlovchi sifatida ham shuhrat qozongan. Mark Lourens va Alli Makkoyst bilan juftlikda ishlagan.

Motsonning faoliyatidagi so'nggi o'yin 2018 yilning may oyidagi "Kristal Pelas" va "Vest Bromvich" o'rtasidagi bahs bo'lgan.



O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Guardian