"Kamchilik bo'lib qolgan bo'lsak ham yigitlar hisobni tenglashtira olishdi. Umuman olganda butun o'yin davomida shogirdlarim munosib o'ynashdi. Bugungi ko'rsatgan futbolimizdan uyalmasligimiz aniq", - deydi Agamurodov.
"Bir kishi kam bo'lib qolgach barcha himoyaga qaytsin deyishim mumkin edi, agar shunday bo'lganida 0:1 hisobida yutqazardik. Ammo bu hammasi taxminlar. Men shogirdlarimga barcha vaziyatda to'p uchun oxirigacha kurashishni aytdim. O'tkazib yuborgan gollarimizga qarang, penalti bo'lgan vaziyatdan himoyachilar xato qilishdi, ikkinchi golda darvozabo to'pni qo'lidan chiqarib yubordi... Hammasi kichik xatolardan so'ng bo'ldi".
"Men "Paxtakor"da ishlaganimda Jeparov, Kapadze kabi yoshlar bo'lardi. O'sha jamoa bilan biz ikki bor OCHL yarim finaliga chiqqandik. Ularning ko'pchiligi hamon O'zbekiston terma jamoasida o'ynamoqda. Qaysi "Paxtakor" kuchli o'sha vaqtdagimi yoki hozirgisi buni muxlislar hal qilishsin".
"Meni yonimga muxlislar kelib O'zbekistondagi faoliyatim uchun rahmat aytib minnatdochilik bildirishlari tufayli ham shu yerda qolib ishlayapman. Balki oxirigacha shu yerda ishlarman".
"Yangi kelgan futbolchilardan ko'nglim to'q. Bugun Ilin ham xato qildi, ammo uning o'yinidan qoniqdim. U bugun birinchi marta meni qo'l ostimda o'ynadi. Bundan tashqari uch kun oldi O'zbekistonga kelgan Rijko ham yomon o'ynamadi. Moliyaviy imkoniyatimizdan kelib chiqib amalga oshirilgan transferlardan ko'nglim to'ldi".
"Paxtakor"ni bugungi g'alabasi bilan tabriklayman".